Til bayrami

Til bayrami yaqinlashgan sayin barcha til va adabiyot fani o’qituvchilari o’quvchilar o’rtasida «Ona tilim — jonu dilim» mavzusida musobaqa tadbiri o’tkazishni reja qilib, saralash g’oliblarini aniqladilar. Saralash natijasida VI sinf o’quvchilari g’olib chiqib, o’z chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar. Maktab ma’muriyati tomonida ularga qimmatbaho sovg’alar berildi.

Umumxalq hashari

Hashar umumxalq ishi.

Bizning maktabda 17-18 avgust kunlari butun respublikamizda bo’lgani kabi hashar bo’lib o’tdi.  Hasharda barcha o’qituvchi  va ishchi xizmatchilar faol  qatnashdilar. maktabga boradigan yo’llar tozalanib, daraxtlar butaldi. ishkent qishlog’i aholisi ham  bu ishlarga qatnashdi.

Maktabimizning o’quv xonalari va jihozlarining yangi o’quv yiliga tayyorgarligi yana bir bir ko’zdam kechirildi. Jumladan:  Kompyuter xonasidagi kompyuterlar soz holatga keltirildi, Kitoblarning holati va yaroqliligi tekshirib chiqildi.

Salom, Dunyo!

Assalomu alaykum, saytimizning aziz mehmoni! Zamonaviy axborot almashinish vositasi bo’lmish internet orqali siz bilan diydorlashish baxtiga muyassar bo’lib turganimizdan behad xursandmiz. Niyatimiz bu tarmoq orqali barcha yutuq va kamchiliklarimiz bilan o’rtoqlashishdir.